Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Bugun, 21-oktabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon rassomlarining  “Ranglar birodarligi” nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazma Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston san’at muassasalari va O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi  hamkorligida tashkil etildi.

Rassomlarning Toshkent va Samarqand shaharlariga ijodiy pleneri uyushtirildi. Plener davomida rassomlar qadimiy me’moriy yodgorliklar, obidalar, shuningdek bu shaharlarning o‘ziga xos tabiiy manzaralarini o‘z milliy uslublarida ranglarda tasvirladilar.

Shu tariqa yaratilgan asarlar bugun yagona ekspozitsiyada — “Ranglar birodarligi” nomli ko‘rgazmada namoyish etildi.

Har bir asarda ijodkor qalbining iliqligi, ranglarning ramziy ohangi, millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik va ruhiy uyg‘unlik yuksak badiiy ifodasini topgan.

Ko‘rgazmaning bosh g‘oyasi — san’at orqali tinchlik, do‘stlik va insonparvarlik qadriyatlarini tarannum etish, birodar xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek ijodkorlar o‘rtasida hamkorlik va badiiy birlikni rivojlantirishdir.

Ushbu loyiha san’atning birlashtiruvchi kuchini, ranglar orqali do‘stlikni va mintaqa xalqlarining mushtarak madaniy ruhini ifoda etdi.