22-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Kemyong universiteti hamkorligida tashkil etilgan “San’at va madaniyat” mavzusidagi II xalqaro ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida o‘tkazilib, ijodiy muhit, xalqaro hamkorlik ruhi va yosh iste’dodlarning yuksak salohiyatini namoyon etdi.
🏆 Gran-pri
— Loretsyan Stefaniya
🥇 1-o‘rin (oltin)
— Akramova Parizod
— Norbekova Sevdora
🥈 2-o‘rin (kumush)
— Choriyev Sunnat
— Hakimjonova Shabnam
— Muxiddinova E’zoza
🥉 3-o‘rin (bronza)
— Rabiyev Umidjon
— Eshmurodov Sodiq
— Allamurotov Davlat
— Solijonova Gulira’no
— Abdurahmonova Rayhona
⭐️ Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
— Yelgashev Jasurbek, Saidmurotov Hojiakbar, Tojiboyev Navro’zbek, Ravshanov Og’abek, Baxromova Zilola, Alijonov Omadbek, Eshboboyeva Sevinch, Jumayeva Zohida, Xalillayev Fazilbek, Turmanova Shahrizoda, Tuxtashev Boburbek, Ismoilov Muslimbek, Ravshanov Mavlonbek, Quvondiqova Nigina
⚡️ Mazkur tanlov yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi san’at va madaniyat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim xalqaro ijodiy maydon sifatida e’tirof etildi.
Mazkur tanlov doirasida qo‘shimcha ravishda ko‘rgazma ham ochildi. Unda yosh ijodkorlar tomonidan yaratilgan rangtasvir va tasviriy san’at asarlari namoyish etildi.
Asarlarda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat hamda madaniy hamkorlik g‘oyalari badiiy ifoda etilgan bo‘lib, ikki xalqning boy madaniy merosi, milliy an’analari va zamonaviy ijodiy qarashlari uyg‘un tarzda aks ettirildi. Rang va obrazlar orqali esa xalqlar o‘rtasidagi yaqinlik, hamjihatlik va do‘stlik g‘oyalari san’at tilida yorqin ifoda topdi.
🤝 Mazkur ko‘rgazma ikki davlat o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlash, san’at orqali o‘zaro tushunish va yaqinlashuv jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, u yosh ijodkorlar uchun xalqaro tajriba almashish, ijodiy salohiyatni namoyon etish hamda yangi ijodiy ufqlarni kashf etish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qildi.