close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 23-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (MRDI) talabalari ishtirokida “Sinergiya: Moda va san’at” nomli liboslar namoyishi tashkil etildi.

📝 Mazkur namoyish moda va tasviriy san’atning o‘zaro uyg‘unligini ifodalovchi ijodiy loyiha bo‘lib, unda milliy madaniy merosni zamonaviy dizayn yondashuvlari bilan birlashtirish maqsad qilingan. Loyiha yosh ijodkorlarning kreativ fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.

📌 Namoyishda taqdim etilgan kolleksiyalarda atlas, adras va shoyi kabi milliy matolardan foydalanilib, zamonaviy moda talablari asosida yangi dizayn yechimlari ishlab chiqildi. Shuningdek, Kamoliddin Behzod miniatyuralaridan ilhomlangan detallar, sharqona naqshlar va futuristik bichim uslublari uyg‘unlashtirildi.

✅ Mutaxassislar va mehmonlar tomonidan yosh dizaynerlarning ishlari ijobiy baholanib, ushbu loyiha ularning kasbiy rivojlanishidagi muhim amaliy bosqich sifatida e’tirof etildi.