Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

27-noyabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining haqiqiy a’zosi, O‘zbekiston xalq rassomi Sobir Rahmetovning “Mening qahramonlarim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.✔️

🎖Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur rasssomni O'zbekiston tasviriy san'ati rivoji uchun qo'shgan xissasi hamda ko'p yillik pedagoglik faoliyatini alohida e'tirof etib, Sobir Rahmetovga “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirdi.

Ko‘rgazmada rassomning 50 dan ziyod rangtasvir asarlari namomoyish etildi.

Tugal kompozitsiya tuzish, uning badiiy yaxlitligini tasviriy san’at qonuni sifatida tushunish, mutanosiblik va marom, obrazni umumiylashtirish yoki charxlash usullarini egallash, rang-tuslar va yordamchi ranglar bilan mohirona ishlay olish singari xislatlar Sobir Rahmetov ijodida tabiiy ravishda namoyon bo‘ladi va uning rangtasvirda inson va tabiatning noyob go‘zalligini ko‘ra, his qilish va tasvirlay olishdek o‘zgacha mahoratini namoyon qiladi.

Sobir Rahmetov rangtasvirida janriy chegara aniq-tiniq ko‘rinib turadi. Bu uning ijodiy dunyosiga hozirgi paytda har bir inson va umuman jamiyat uchun benihoya zarur bo‘lgan barqarorlik hissini olib kiradi. Rangtasvirchi rassom yaratgan portretlarda janr sofligini  ko‘rish, uning mo‘yqalami bilan ochib berilgan inson qalbini his qilish tomoshabinga  huzur bag‘ishlaydi.

Rassom yaratgan portretlarda inson qiyofasi turlicha namoyon bo‘ladi, lekin faqat bir narsa – portreti chizilgan shaxsga u zamondoshlariga taqdim etayotgan ma’naviy dunyoga hurmat hissi o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi.

Rassomning insonlardan holi bo‘lgan tabiat manzaralari  ham jonli, hayotiy chiqqan. Yorug‘lik, quyosh nurlari oqimi, nur va soya o‘yinlari, shahar bog‘lari va qishloq hovlilarini to‘ldirgan, ularga hayot nafasini  singdirgan.  Bu tasavvurlarga iloh yaratgan tabiat dunyosi va inson yaratgan madaniyat dunyosi haqidagi falsafiy g‘oya singdirilgan.