Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
🗓 2025-yil 18-iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurni rasmiy qabul qildi. Uchrashuv davomida tasviriy va amaliy sanʼat sohasini rivojlantirishga qaratilgan "Yo‘l xaritasi" imzolandi.
✔ Viloyatdagi rassom va musavvirlarni keng ommaga tanitish, ularning asarlarini targ‘ib qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
✔ Har yili viloyat miqyosida iqtidorli yoshlar o‘rtasida “Yosh ijodkorlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi;
✔ Har yili Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Surxon ijodkorlari” nomli ko‘rgazma tashkil etiladi;
✔ Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati hududida 60 o‘rinli yotoqxona barpo etiladi;
✔ Viloyat bo‘limining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi;
✔ Boysun tumanida har bahor “Rassomlar festivali” o‘tkaziladi;
✔ Surxondaryo rassomlari ko‘rgazmalari Yevropa mamlakatlarida namoyish etiladi.
Shuningdek, viloyatdagi istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylar tasviriy va amaliy sanʼat asarlari bilan boyitiladi. Ijodiy asarlarni sotish yuzasidan aksiyalar, madaniy tadbirlar, auksionlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning tashqi ko‘rinishini bezashda murallar (devoriy rasmlar) chizish ishlariga ijodkorlar jalb qilinadi.
Xizmat safari doirasida Badiiy akademiya raisi Akmal Nur Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurdi. U yerda:
Ta’lim jarayonlari va mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi;
O‘quvchilarning ijodiy ishlari va ko‘rgazmalar ko‘zdan kechirildi;
“Yo‘l xaritasi” doirasida maktab-internatga tegishli vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining viloyat bo‘limi vakillari va sanʼat maktabi mutasaddilari ham ishtirok etdi.
Surxondaryo sanʼati — o‘ziga xos maktab va an’anaga ega. PQ-212-sonli qaror ijrosi esa bu bebaho merosni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.