Bugun, 7-may kuni, bo‘lib o‘tgan “Tabiat bolalar nigohida” Respublika ko‘rik-tanlovida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining 10-“E” sinf o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdilar.
🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 Toshmuhammedova Nozima hamda Xo‘jamatov Abdulloh faxrli 1-o‘rin sohibiga aylandi.
🥈 Farmonov Davron esa munosib ishtiroki bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🎁 G‘oliblar esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
✨ Ushbu yutuqlar yosh ijodkorlarning iste’dodi, izlanishi, mehnatsevarligi va san’atga bo‘lgan yuksak qiziqishining yorqin ifodasidir.