close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy va amaliy sanʼat sohasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🤝 Ushbu ochiq muloqotda Prezident Administratsiyasi vakillari, Badiiy akademiya raisi Akmal Nuridinov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi vakillari hamda rassom-ijodkorlar ishtirok etdi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda sohani tubdan isloh qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish va amaliy yechimlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, tadbir davomida soha vakillari va faol ijodkorlardan takliflar olinmoqda, fikr almashinuvi amalga oshirilmoqda hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan muhim masalalar ko‘rib chiqildi.