close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

“Teatr – ibratxonadir” dasturi doirasida hamda xodimlarning badiiy-estetik didi va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati rahbariyati va xodimlari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatriga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif davomida taniqli ijodkor Nurulloh Abbosxon asari asosida sahnalashtirilgan “Jaydari kelin” spektakli ushbu teatr jamoasi tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi.

Milliy qadriyatlar, oila muqaddasligi hamda xalqimizga xos fazilatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.