📅 21-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi. Unda ruminiyalik mashhur haykaltarosh Konstantin Brankushi xotirasiga bag‘ishlangan “Tirgu-Jiudagi ‘Qahramonlar yo‘li’ mahobatli ansambli” nomli fotoko‘rgazma ochildi.
Mazkur ko‘rgazma “Qahramonlar yo‘li” ansambliga bag‘ishlangan bo‘lib, u Brankushining eng mashhur monumental asarlaridan biri hisoblanadi. Ansambl tarkibiga “Sukut ustuni”, “O‘pich darvozasi” va “Sukunat stoli” kabi ramziy haykallar kiradi. Ular Birinchi jahon urushi qurbonlari xotirasini ifodalaydi.
📸 Fotoko‘rgazma orqali tashrif buyuruvchilar Brankushi ijodi, uning san’atdagi falsafiy yondashuvi hamda zamonaviy haykaltaroshlikka qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.