Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Bugun, 5-sentabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Yaponiyaning Aichi san’at universiteti hamkorligida muzeyda “Yapon va Samarqand qog‘ozi: kecha va bugun” xalqaro kо‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur ko'rgazma 2019-yilda ikki tomon о‘rtasida imzolangan ҳамкорлик Меморандумининг “The research for the culture of contemporary hand-made paper and artistic expression” -“Zamonaviy qо‘lda tayyorlanadigan qog‘ozni madaniy va badiiy ahamiyati tadqiqi” loyihasi doirasida tashkil qilindi.

Kо‘rgazmada yapon va Samarqand qog‘ozining tadqiqotlari bо‘yicha avvalgi hisobotlar, shuningdek, an’anaviy yapon “vasi” (Washi) qog‘ozi va Samarqand qog‘ozini zamonaviy san’at va dizaynda qо‘llash va rivojlanish istiqbollari, qо‘lda tayyorlangan qog‘oz yordamida yaratilgan zamonaviy yapon rassomlarining ishlari - rasmlar, posterlar, installyatsiyalar, “origami” san’ati va turli aksessuarlar san'at ixlosmandlari e'tiboriga taqdim etildi.

Shuningdek, “Barqaror rivojlanish” global konsepsiyasi asosida qog‘ozdan, qayta ishlangan xom ashyodan; qovun va banan pо‘stlog‘i, kungaboqar, paxta hamda shunga o'xshash mahsulotlardan tayyorlangan ijodiy ishlar tomoshabin e'tirofiga sazovar bo'ldi.

Kо‘rgazma doirasida 5-10- sentabr⚡️ kunlari Yaponiyaning Aichi san’at instituti talabalari tomonidan qog‘oz xom ashyosi qoldiqlaridan qog‘oz yelpig‘ichlari, “origami” va xattotlik san’ati bо‘yicha mahorat darslari о‘tkaziladi.