Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
ugun, 23-oktabr kuni poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida “Turkiy dunyo dekorativ-amaliy sanʼati: oʻtmish, bugun, kelajak” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman turkiy xalqlar sanʼati, madaniy merosi va zamonaviy dizayn g‘oyalari chorrahasida tashkil etilgan yirik xalqaro uchrashuv sifatida e’tirof etildi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi davlatlardan taniqli olimlar, rassomlar, san’atshunoslar va dizayn sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjumanni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova ochib berdi. U o‘z so‘zida xalqaro ilmiy-amaliy uchrashuvning maqsadi turkiy xalqlar o‘rtasida madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, boy merosni chuqur o‘rganish va zamonaviy san’atda talqin etish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bu kabi tashabbuslar san’at ta’limi va ilmiy-tadqiqot jarayonlari uyg‘unligini kuchaytirib, yosh ijodkorlar uchun amaliy tajriba maktabi vazifasini bajarishini qayd etdi.
Tadbir davomida turkiy xalqlar dekorativ-amaliy sanʼatining tarixiy ildizlari, zamonaviy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari hamda yosh ijodkorlar faoliyatida milliy qadriyatlarning o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi.