Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
6-7-aprel kunlari O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan G‘azalkent tumani Tovoqsoy qishlog‘ida ,,ustoz va shogird" anʼanasi asosida bahorgi plener tashkil qilindi.
⭕️ Plenerda O‘zBIU Toshkent viloyati aʼzolari Olimjon Fazilov, Tursinbay Jumanov, Baxtiyor Alimov, Rustam Mambetov, aktyor va rassom Abduvosit Abidov, rassom Nortoji Tursoatov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari Oygul Muhammadiyeva, Dilnavoz Fayzullayeva hamda Tovoqsoy qishlog‘i o‘quvchi yoshlari qatnashdi, ustozlar va yoshlar birgalikda etyudlar chizishdi.
⭕️ Plener yakunida rassomlar Tovoqsoylik yosh rassom, O‘zBIU aʼzosi Rustam Mambetovning uyida mehmon bo‘lishib, uning ijodi bilan tanishdilar hamda plenerda chizilgan etyudlarni muhokama qilishdi.