Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 14-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Badiiy akademiya raisi o’rinbosari F.Tashmuxamedov olib bordi.
Yig’ilishda joriy yil 21-25-aprel kunlari Badiiy akademiya tashabbusi bilan qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilayotgan Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivaliga tayyorgarlik masalasi ko’rildi.
Masala yuzasidan festival direktori O.Ro’ziyevning axboroti tinglandi.
Shuningdek, ZOOM platformasi orqali tizimdagi ta’lim muassasalari rahbarlari festivalni o’tkazishga doir ko’rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berishdi.
Yig‘ilishda festival doirasida amalga oshiriladigan ijodiy loyihalar, ko‘rgazmalar yuzasidan fikr ham almashildi.
Eslatib o’tamiz, Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 21-aprel kuni Badiiy akademiyaning Markaziy ko’rgazmalar zalida start oladi.