close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎨 Tadbir avvalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirokchilarni festival yakuni bilan samimiy tabriklab, ushbu yirik xalqaro ijodiy loyiha davomida namoyon bo‘lgan yosh iste’dodlar salohiyati, xalqaro hamkorlik mustahkamlanishi hamda san’at sohasidagi ijodiy yuksalish alohida e’tirof etilayotganini ta’kidladi. U barcha ishtirokchilarga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, festivalni yuqori saviyada tashkil etishda xizmat qilgan barcha ijodkorlar va hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.


🏆 Festivalda faol ishtiroki uchun Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tomonidan taqdirlandi.

🌍TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev ham marosimda ishtirok etib, festivalni yuksak baholadi. U o‘z nutqida turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish, umumiy san’at makonini kengaytirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash TURKSOY faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonda san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar xalqaro miqyosda katta ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

🎖 Festival nominatsiyalari g‘oliblariga O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev tantanali ravishda topshirdi.


🎨 Tasviriy va amaliy san’at festivali – 2026 nominatsiyalari:

📌 “Eng faol ta’lim muassasasi” — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
📌 “Eng yaxshi mahorat darsi” — Sarvar Sulaymonov
📌 “Eng yaxshi ijodiy g‘oya” — Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi, 11-sinf “Foto-mozaika” loyihasi
📌 “Eng yaxshi liboslar namoyishi” — Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi
📌 “Eng yorqin yosh ijodkor” — Beknazarov Yoqub
📌 “Eng faol ijodkor” — Burju Gyunay (“Bahoriy marosim” shaxsiy ko‘rgazmasi, Turkiya)
📌 “Eng yaxshi tashkilotchi” — Asya Tuychiyeva (Badiiy akademiya Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i)
📌 “Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” — Hubei nafis san’at instituti
📌 “Eng yaxshi viloyat ishtirokchilari” — Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
📌 “Eng yaxshi ilmiy-amaliy konferensiya” — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
📌 “Eng yaxshi tashkilotchi” — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Libos dizayni kafedrasi
📌 “Eng yaxshi loyiha muallifi” — I. Kovalenko, “Art-karavan” ijodiy guruhi (Rossiya)
📌 “Eng yaxshi kreativ ta’lim muassasasi” — Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati (o‘qituvchi: Maxkamova Saboxon)
📌 “Eng yaxshi musiqali dastur” — Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
📌 “Eng faol targ‘ibotchi” — Dildora Do‘stmurodova (“Madaniyat va ma’rifat” telekanali muharriri)
📌 “Eng faol jamoa” — Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi
📌 “Eng faol musiqa va san’at maktabi” — 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi