Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yil 25-31-may kunlari Turkiyaning Erzurum shahri Ispir tumanida  Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY tashabbusi bilan turkiy davlatlar rassomlari simpoziumi tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajer-tadqiqotchisi, isteʼdodli rassom Javohir Niyazov ham ishtirok etdi.

Simpozium davomida rassomlar yaratgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi, ushbu kartinalar Ispir muzeyiga tuhfa qilindi.

Tadbir yakunida faol ishtiroki uchun rassomimiz Javohir Niyazov simpozium sertifikati va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.