close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026-yil 16-oktabr kuni “Voqealar gorizonti” mavzusidagi XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan 12–16-oktabr kunlari tashkil etilgan biennaleda 33 mamlakatdan 70 nafar rassom va kurator, shuningdek, O‘zbekistonning 70 nafar rassomi ishtirok etdi. Poytaxtimizdagi ko‘rgazma zallarida zamonaviy san’atning turli yo‘nalishlariga oid asarlar va kuratorlik loyihalari namoyish qilindi. Biennale doirasida “Voqealar gorizonti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkazildi.

Biennaleda namoyish etilgan asarlar Turkiya vakili Aziz Refik raisligidagi xalqaro hay’at tomonidan baholandi. Hay’at tarkibida Fayzullaxon Axmadaliyev (O‘zbekiston), Huang Zhicheng (Xitoy), Ambacher Horst Georg (Germaniya) hamda Lim Chang Min (Koreya Respublikasi) faoliyat olib bordi.

Xalqaro hay’at qaroriga ko‘ra, quyidagilar g‘olib deb topildi:

🏆 Gran-pri — Marina Borodina 🇺🇿 O‘zbekiston
Pul mukofoti — 40 million so‘m.

🥇 I o‘rin — Scole jamoasi 🇷🇺 Rossiya, Saxa
Pul mukofoti — 30 million so‘m.

🥈 II o‘rin — Nuriddin Rasulov 🇺🇿 O‘zbekiston
Pul mukofoti — 20 million so‘m.

🥉 III o‘rin — Prity Samyukti 🇮🇳 Hindiston
Pul mukofoti — 10 million so‘m.

Shuningdek, xalqaro hay’at qaroriga ko‘ra, quyidagi ijodkorlar diplomlar bilan taqdirlandi:

🇺🇿 Qiyomov Zuhriddin — O‘zbekiston;
🇨🇳 Chan Min Kun — Xitoy;
🇰🇬 Almazbek Sharshikeyev — Qirg‘iziston;
🇰🇿 Moldir Sagindikova — Qozog‘iston;
🇺🇸 Oksana Okopova — AQSh;
🇹🇯 Abduraxmon Abduraxim — Tojikiston;
🇺🇿 Alisher Xamdamov — O‘zbekiston;
🇺🇿 Ramiz Xodjaev — O‘zbekiston, Samarqand;
🇦🇿 Agdes Bagirzade — Ozarbayjon;
🇭🇺 Tomas Yanosh — Vengriya;
🇧🇬 Olga Volodina — Bolgariya.

XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi mahalliy va xorijiy ijodkorlar o‘rtasida tajriba almashish, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston zamonaviy san’atini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.