close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026 yil 21 yanvar kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyida XMKS kolleksiyasidan: rassom Damir Urazayev (1954–2014) xotirasiga bag‘ishlangan ksilografiya ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada marhum rassomning 56 ta ksilografiya asari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Rassom Damir Urazayev 1954 yil 6 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1976 yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejini tamomlagan.
1981 yilda Xarkov badiiy-sanoat institutini muvaffaqiyatli yakunlagan.

1984 yildan boshlab u O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro YUNESKO rassomlar federatsiyasi a’zosi, shuningdek, Xalqaro “Dunyo xalqlari san’ati” uyushmasining xizmat ko‘rsatgan rassomi bo‘lgan.

Bevaqt o‘lim iste’dodli va taniqli ijodkorni oramizdan olib ketdi. Agar rassom hayot bo‘lganida, bugun 72 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.

Damir Urazayev rangtasvir va grafika san’ati bilan bir qatorda, ksilografiya san’ati bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Uning asarlari nafaqat respublikamizda, balki Rossiya, Chexiya va Polsha davlatlarining muzey hamda galereyalarida ham saqlanadi.
Shu bilan birga, rassomning 19 ta ksilografiya asari Toshkent Davlat san’at muzeyida, 56 ta ksilografiya asari esa Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi fondida saqlanmoqda.

U jahon klassik adabiyoti namoyandalaridan Jek Londonning “Martin Iden” asari hamda poytaxtimizning 2200 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan “Toshkent haqida qo‘shiq” nomli kitoblar uchun yaratilgan illyustratsiyalar muallifi hamdir.

Rassom aylana shakldagi kichikgina qayroqchada, diametri 8–12 santimetr bo‘lgan (shamshod daraxtining yoshi qariyb 800 yil) materialda haqiqiy san’at asarlarini yaratgan.

⭕️ Ko‘rgazma joriy yilning 1 fevraliga qadar davom etadi.