O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Xitoyning Lanzhou universiteti San’at maktabi o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi tuzildi.
Hujjat Markaz direktori D. Shukurov va San’at maktabi vakili Li Xualong tomonidan imzolandi. Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — ta’limda akademik mobillikni rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashishdir.
🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 O‘qituvchilar uchun qisqa muddatli amaliyotlar va qo‘shma malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
🔹 Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish;
🔹 Qo‘shma ko‘rgazmalar hamda ochiq havoda ijod sessiyalari (plenerlar) tashkil etish.
Mehmonlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik Akmal Nurning shaxsiy galereyasidagi rangtasvir asarlari ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.
Shuningdek, Lanzhou universiteti San’at maktabi, Hubei tasviriy san’at instituti hamda Xalqaro TURKSOY rassomlari delegatsiyalari o‘rtasida o‘zaro muloqotlar bo‘lib o‘tdi.