Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
25-noyabr kuni, Turkiyaning Anqara shahridagi Resim Heykel muzeyida “Merosning yo‘lchilari. Bobo Naqqosh izidan” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada 32 nafar rassomning ijodiy ishlari namoyish etildi. Ulardan 5 nafari O‘zbekiston yosh ijodkorlari bo‘lib, ular o‘zlarining tezhib va xattotlik asarlari bilan ishtirok etishdi.
Jumladan:
Baxtiyor Dedashev — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajor-tadqiqotchisi
Saida Jalilova, Sherzod Arifboyev, Mahfuza Yo‘ldasheva, Saʼdiya Fahriddinova — Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi xodimlari
Mazkur ko‘rgazma XV asrda Samarqanddan Istanbulga borib ijod qilgan Bobo Naqqosh uslubini davom ettirish va uni yanada keng tanitishni maqsad qiladi.
Kelgusida loyiha doirasida O‘zbekistonda ham mumtoz sanʼat uslubidagi asarlar ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.