Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 4-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, miniatyurachi rassom, xattot, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi Baxtiyor Dedashevning "Muhabbat" nomli ilk shaxsiy ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.
⭕️ Ko'rgazmada yosh musavvirning 50 ga yaqin asarlari o'rin olgan.
⭕️ Musavvir o‘z ijodida asosan Hirot va Buxoro miniatyura sanʼati anʼanalariga amal qilib, turli mavzularga murojaat etadi: tarixiy syujetlar va o‘tmishdagi mashhur shaxslarning portretlari, mumtoz adabiyot asarlariga ishlangan illyustratsiyalar, dostonlar, romanlar, hikoyalar qahramonlari hayotidan lavhalar, xalq urf-odatlari va anʼanalari Baxtiyor Dedashevning ijodida muhim o‘rin egallaydi.
⭕️ Ushbu ko'rgazma 18-aprelga qadar davom etadi.