close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

10-fevral kuni Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida chirchiqlik rassom, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Andrey Grechkinning “Rangbarang olam” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning so‘nggi yillarda yaratilgan qariyb 40 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etildi. Ushbu asarlar tomoshabinlarni go‘zallik va mushohada olamiga yetakladi.

Andrey Grechkin ijodida aks etgan turli janr va mavzular, ranglar uyg‘unligi tomoshabinlar qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘otib, san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan do‘stlar, hamkasblar va san’at ixlosmandlari rassomning ijodiy yo‘li hamda insoniy fazilatlari haqida samimiy fikrlar bildirib, muallifni ushbu muhim ijodiy voqea bilan muborakbod etdilar.

Kechaga alohida fayz va joziba baxsh etgan madaniyat saroyi ijodiy jamoalarining musiqiy va badiiy chiqishlari tadbir kayfiyatini yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qildi.