close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🌸 Ayol — hayotning go‘zalligi, mehrning manbai va ezgulik timsolidir. U o‘zining sabri, donoligi va mehr-muhabbati bilan oila va jamiyatga nur, qalblarga esa ilhom bag‘ishlaydi.

🌷 Ayollar bor ekan, hayotimizda mehr, nafislik va go‘zallik barhayotdir. Ularning samimiy tabassumi, fidoyiligi va matonati jamiyatimiz ravnaqi hamda kelajak avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega.

💐 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi yurtimizning aziz va muhtaram onaxonlari, qadrli opa-singillari hamda tasviriy san’at rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha xotin-qizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

🪷 Muhtaram ayollar!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, qalbingizga cheksiz quvonch, ijod va mehnat faoliyatingizda esa ulkan yutuq va zafarlar tilaymiz.

🌹 Go‘zallik va mehr ulashib yashaydigan hayotingiz doimo fayzli bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!