close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida g‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan devoriy gazetalar tanlovi yakunlandi.

Tanlov doirasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar Alisher Navoiy hayoti va boy ijodiy merosini yoritish, uning asarlarida ilgari surilgan yuksak ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgani bilan ajralib turdi.

Taqdim etilgan devoriy gazetalar mazmunan boyligi, badiiy saviyasi hamda g‘oyaviy yondashuvi asosida malakali ustozlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tanlov yakunida yuqori natija ko‘rsatgan guruhlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.