close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirgan san‘at maktab-internatida Sirdaryo viloyati “Kamalak” bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda “Assalom, bahor” nomli bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan bahor fasliga bag‘ishlangan milliy qadriyatlarimizga asoslangan urf-odatlar, milliy o‘yinlar, quvnoq qo‘shiqlar, nafis raqslar, sahna ko‘rinishlari va she’riy chiqishlar namoyish etildi.

Ushbu bayram tadbiri orqali o‘quvchilarda tabiatga mehr, bahor fasliga bo‘lgan iliq munosabat, jamoada erkin chiqish qilish ko‘nikmalari shakllantirildi.

“Assalom, bahor” tadbiri o‘quvchilar, ota-onalar hamda o‘qituvchilar uchun unutilmas, quvonchli va iliq xotiralarga boy bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.