O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti (Koreya Respublikasi) hamkorligida “San’at va adabiyot” mavzusida II xalqaro ijodiy tanlov o‘tkaziladi.
❗️Tanlov shartlariga ko‘ra ijodiy ishlar “San’at va adabiyot” mavzusida qabul qilinadi.
📆 Ijodiy ishlar 2026-yil 25-fevraldan 5-aprelgacha qabul qilinadi.
❗️ Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan talablar:
🖼 Ijodiy ishlar 41 sm × 59,4 sm (A2) o‘lchamdagi kent qog‘ozida aks ettirilgan bo‘lishi;
👩🎓 Tanlovda faqat maktab o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin;
📝 Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishi orqa tomoniga shaxsiy ma’lumotlarini ilovadagi Anketa ga muvofiq (ikki tilda) to‘ldirib joylashtirishi lozim.
Tanlovga O‘zBA tomonidan tuziladigan maxsus komissiya hakamlik qiladi.
Natijalar Festival davomida e’lon qilinadi.
🎁 G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari topshiriladi.
🏢 Ijodiy ishlar Badiiy akademiyaning Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limiga (Toshkent sh., O‘zBA binosi, 35-uy, S. Azimov ko‘chasi, tel: +998-71-232-06-75) topshiriladi.
‼️ Tanlov Nizomi o‘zbek tilida ilova qilinmoqda. 👇👇👇
https://t.me/artacademyuz/33771?single