Bugun, 23-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” nomli tanlov ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai/3341)
Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ko‘rgazmasida 14 nafar ishtirokchining 50 ga yaqin ishlari namoyish qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq, 2026-yil fevral oyida “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilayotgan mutaxassis haykaltaroshlar va yosh haykaltaroshlardan 14 nafari ishtirok etdi.
Tanlovning asosiy maqsadi:
Umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va g‘oyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash;
G‘oyaviy mazmunni yetkazishning yangi usul va uslublarini kashf etish;
Rang-barang madaniy xilma-xillikka bo‘lgan qiziqishlarni rag‘batlantirish;
Haykaltaroshlik san’atining jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish;
Yosh ijodkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodini rivojlantirish.
Ijodiy asarlar 2026-yil 15-fevralga qadar Badiiy akademiya Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi.
Tanlov ishtirokchilarining mahorati va ijodini xolis baholash uchun Hakamlar hay’ati tarkibiga:
O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomlari,
Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari,
Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari,
Yuqori malakali mutaxassislar,
Taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, tashkilotchilar vakillari kiritildi.
G‘oliblar:
1-o‘rin – Jonibek Xotamov
2-o‘rin – O‘lmas Yoqubov
3-o‘rin – Artur Rajapov
G‘oliblar Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ko‘rgazma joriy yilning 1-martigacha davom etadi.