O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (RIDM)da ikki nafar eronlik amaliy bezak san’ati ustalari birgalikda mahorat saboqlari o‘tkazishdi.
Ayubi xonim — tarixiy Isfahon shahrining qadim va nafis an’anaviy san’at turlaridan biri bo‘lgan metallga firuza taqish bo‘yicha yuqori mahoratli ustadir. Uning turmush o‘rtog‘i, janob Ayubi, esa olmos, mis va kumush o‘ymakorligi bo‘yicha mutaxassis.
Ustalar RIDM o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilib, Eron san’atining an’anaviy turlari bilan tanishtirdilar.