Joriy yil 19-fevraldan 19-martgacha Xitoy Xalq Respublikasining Xeylunszyan provinsiyasi, Harbin shahridagi Yu Shun san’at muzeyida rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi va O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayevning “Qordagi quyosh” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan rassom bugun Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Ekspozitsiyada muallifning 19 ta mahobatli asari o‘rin oladi. Ishlarning hajmi katta: 3 metrdan 6 metrgacha, markaziy asar esa 22 metr uzunlikda.
Bu asarlar ilk bor 2024-yilda, rassomning Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tgan “Yangi nigoh” nomli shaxsiy ko‘rgazmasida namoyish qilingan.
“Qordagi quyosh” ko‘rgazmasi “Bir makon, bir yo‘l: O‘zbekiston va Xitoy” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilib, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlashga qaratilgan.
Xitoyga ijodiy safar oldidan rassom o‘z ustaxonasida ushbu ko‘rgazmaga tayyorgarlik jarayoni va maqsadi haqida so‘zlab berdi.
https://www.facebook.com/share/v/1duGrhQS6Z/