Bugun, 10-mart kuni Jolliboy Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, "Shuhrat" medali sohibi, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq rassomi Sarsenbay Baybosinov bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirokida "Ijodiy zavq" mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ijodkorlar bilan bunday uchrashuvlarni tashkil etish yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi, ularni yangi izlanishlarga undashi shubhasiz.
Tadbir davomida u maktab-internat o‘qituvchi va o‘quvchilarining ijodiy ko‘rgazmalari bilan tanishdi.
Akademik S. Baybosinov uchrashuv davomida ijodiy jarayondagi o‘ziga xos usullar, rang va mazmun uyg‘unligi borasidagi tafsilotlar bilan bo‘lishdi.
Tadbir samimiy ruhda o‘zaro muloqot asosida davom etib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.