close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 25-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi galereyasida bir guruh viloyat rassomlarining “Nuqtalar tutashganda” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada jizzaxlik mohir ijodkorlar — Aziz Karimov, Shokir Usmonov, Bekzod Abdullayev, Abduvahob Umarov, Mansur Berdiqulov, Ixtiyor Alibekov, Farruh Qaxramonovlarning 80 dan ortiq sara asarlari namoyish etildi.

Ekspozitsiyada musavvirlarning realizm va modernizm yo‘nalishlarida yaratilgan natyurmort hamda manzara janridagi rang-barang asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Asarlarda milliy ruh, ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan an’analar zamonaviy modern uslub talqinida o‘z ifodasini topgan.

Loyiha g‘oyasiga ko‘ra, har bir ijodkor — o‘z olami va dunyoqarashiga ega bo‘lgan alohida bir *“nuqta”*dir. Mazkur ko‘rgazma ana shu nuqtalarni yagona badiiy chiziqqa birlashtirib, Jizzax zamonaviy san’atining yaxlit va rang-barang manzarasini namoyon etdi.

Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar uchun ekskursiya tashkil etilib, har bir asarning yaratilish tarixi haqida mualliflarning bevosita hikoyalari tinglandi.