Badiiy akademiya tasarrufidagi Andijon ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internati 9-sinf o‘quvchisi Mastura Mamatkarimova dunyo yoshlarini qamrab olgan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda!" mavzusidagi xalqaro ijtimoiy anti-korrupsiya reklamalari tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengash hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tanlovda qatnashgan 140 dan ortiq davlat yoshlari o‘rtasida Mastura Mamatkarimova fahrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘olibasining bu yutug‘i munosib e’tirof etilib, Andijon viloyati hokimining qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandi.
Taqdirlash marosimida Izboskan tumani xokimi Abrorbek Ahmadaliyev, Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva, shuningdek, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi raisi Rasul Ismanov va Andijon ISMI direktori Abdurafiq Rahimov qatnashdi.