O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan madaniy va san’at akademik markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur markaz Sinszyan muzeyi huzuridagi “G‘arbiy hududning dengiz makoni” tarkibida faoliyat yuritadi.
Uchrashuvda professor Shi Supin ishtirok etdi.
Tomonlar madaniy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma badiiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytirish va izchil rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.