Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mahallalarda keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Memorandum imzolandi.
Tadbirda quyidagi tashkilotlar va vakillar ishtirok etdi:
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari
Hududiy studiyalardan bo‘linmalar vakillari
“Mahalla yettiligi” mas’ullari
Rassomlar, yoshlar yetakchilari va jamoatchilik vakillari
Ushbu hamkorlik orqali mahalla institutining salohiyatini ijodkorlar bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalarini badiiy va ijodiy asarlar orqali keng targ‘ib qilish maqsad qilingan.
Tadbirda ta’kidlangan asosiy vazifalar:
Islohotlar mazmunini aholiga to‘g‘ri yetkazish
Jamiyatda shukronalik, vatanparvarlik va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” mavzusida tanlovlar o‘tkazish
Har bir mahalla haqida kitob va kataloglar yaratish
Eng munosib ishtirokchilarni sovg‘alar bilan taqdirlash
Mahallalarda tasviriy san’at yarmarkalari va yosh iste’dodlar ishtirokida 35 yillikni tarannum etuvchi ko‘rgazmalar tashkil etish
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov so‘zga chiqib, mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijadorligini, ayniqsa Yangi O‘zbekiston qiyofasini tasviriy san’at orqali aholiga yetkazishdagi Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo rassomlar va yosh iste’dodlar hissasini ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur memorandum mahalla va ijodiy jamoatchilik hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.