Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Ko‘rgazmalar saroyida “Qoraqalpog‘iston: kecha va bugun” nomli fotoko‘rgazma va fototanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 10 ga yaqin fotograf ishtirok etdi, eng yaxshi deb topilgan 5 muallifning 80 dan ortiq fotosuratlari bugungi ko‘rgazmada namoyish etildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Maxset Xabibullaev
🥈 2-o‘rin — Islam Matekov
🥉 3-o‘rin — Mahmud Shamuratov