2026-yil 29-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi yordamchisi A. Hamrayev, Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i T. Abrayev hamda Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mas’ul xodim J. Eshmuminov tomonidan Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi — o‘quv-tarbiya jarayoni, ijro intizomi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, moddiy-texnik baza hamda pedagogik faoliyat samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini baholashdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni, hujjatlar yuritilishi hamda boshqaruv faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunida muassasa faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Shuningdek, tashrif yakunida J. Eshmuminov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-son Qonuni ijrosiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish prinsiplari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari hamda fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Mazkur seminar-treningda Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rahbar va pedagog xodimlari faol ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qonunchilik talablari hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan zarur bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.