close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 2-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qarori ijrosi doirasida “Vatan fidoyilari” ramziy monumentining badiiy va g‘oyaviy konsepsiyasini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda Yozuvchilar uyushmasi vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida avvalgi bosqichda bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida qayta ishlangan hamda yangi g‘oyalar bilan boyitilgan eskiz loyihalari ko‘rib chiqildi. Ishchi guruh a’zolari monumentning yuksak badiiy saviyasi, shuningdek uning xalqni birlashtiruvchi ramz, milliy birlik va hamjihatlik ifodasi, Vatanga sadoqat, fidoyilik, tinchlik va bunyodkorlik g‘oyalarini chuqur aks ettirishi lozimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, kompozitsiyada tarixiy meros va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligi, inson qadrini ulug‘lash, do‘stlik, bag‘rikenglik hamda umumxalq birdamligi kabi umuminsoniy qadriyatlarni badiiy vositalar orqali ifodalash yuzasidan qator fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida eskiz loyihalarini takomillashtirish va yakuniy konsepsiyani puxta shakllantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Ta’kidlanganidek, yaratilajak “Vatan fidoyilari” ramziy monumenti xalqimizning milliy g‘ururi, Vatanga muhabbati va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari timsolini o‘zida mujassam etgan yuksak badiiy asar bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.