close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, professor Akmal Nur bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori, professor N. Oblomuradov boshchiligida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, ijodkor talabalar hamda san’atga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida mehmon Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati, jumladan, universitet hududida faoliyat yuritayotgan Art galereya, shuningdek, zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi o‘quv binosi bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda Akmal Nur san’atning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ushbu oliy ta’lim maskanida tashkil qilingan Art galereya misolida Toshkent davlat agrar universiteti jamoasining tasviriy san’atga bo‘lgan e’tiborini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv yakunida xalq rassomi universitet talabalarini o‘zining shaxsiy galereyasiga taklif qilib, yoshlar bilan ijodiy muloqotni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.