close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida bir guruh taniqli rassomlar hamrohligida tasarrufdagi Navoiy ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Rassomlar Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida  "Yangi O'zbekistonning ijodkor yoshlari" mavzusidagi ustoz–shogird  ijodiy ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etishdi. 

Maktab-internati o‘quvchilarning ijodiy ishlari, rangtasvir va grafika yo‘nalishdagi asarlari bilan tanishib, yosh rassomlarning iste’dodini yuqori baholadilar.

Uchrashuv yakunida ijodkorlar o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z ijodiy tajribalari va san’atdagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu esa yosh ijodkorlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.