close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida Prezidentning 2025-yil 1-iyuldagi PQ–212-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan #art_chellenge onlayn tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovga 200 dan ortiq ijodiy videoroliklar taqdim etilib, hakamlar hay’ati tomonidan 12 nafar ishtirokchi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi.

🎨 Tasviriy san’at yo‘nalishi g‘oliblari:

  • Odina Abdulhamidova, 15 yosh (Toshkent) – “Soch o’rimida mehr, mehrda esa millatning asriy qadri bor!”

  • Aida Burxonova, 15 yosh (Qashqadaryo)

  • Sayyora Abriyeva, 19 yosh (Toshkent)

  • Gulira’no Solijonova, 16 yosh (Andijon) – “Mirzo Ulug'bek nigohi”

  • Shoxsanam Raxmonova, 15 yosh (Qoraqalpog’iston) – “Qoraqalpoq milliyligi”

  • Diyora Mardonova, 14 yosh (Toshkent)

  • Umidjon Rofiyev, 17 yosh (Surxondaryo) – “Sherobodning sehrli aks-sadosi”

🎨 Haykaltaroshlik yo‘nalishi g‘oliblari:

  • Husan Xolmurodov, 14 yosh (Surxondaryo) – “Tuya haykali”

  • Ra’no Eshmurodova, 16 yosh (Toshkent) – “Eyforiya”

  • Yahyo Obidjonov, 16 yosh (Toshkent) – “Bahor” portret va haykal kompozitsiyasi

🎆 Grafika yo‘nalishi g‘olibi:

  • Shabnam Xatamova, 16 yosh (Toshkent)

📜 Amaliy san’at (naqqoshlik) yo‘nalishi g‘olibi:

  • Shahrizoda Xushvaqtova, 17 yosh (Qashqadaryo)

#art_chellenge 2026 tanlovi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 14–30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar yangi asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin.