Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

1-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida  “Zakovat” intellektual o‘yinining to'rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mavsumiy intellektual o‘yin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “ ‘Zakovat’ intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–96-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘yinlar mavsumiy tarzda tashkil etilib, yakuniy bosqichda barcha natijalar hisobga olinadi. Eng yuqori ball to‘plagan jamoa “Zakovat” intellektual o‘yinining g‘olibi deb e’lon qilinadi.

Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining “Akademiya” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.