close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 28-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida “Badiiy ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ikki kunlik Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘z ishini boshladi.

Tadbirning tantanali ochilish qismida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining Libos bo‘limi ustoz va o‘quvchilari tomonidan yaratilgan zamonaviy hamda milliy liboslar kolleksiyasi namoyish etildi. Yosh dizaynerlarning ijodiy ishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Seminarning badiiy qismi ham yuqori saviyada tashkil etilib, unda el ardog‘idagi san’atkorlar ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov, taniqli xonanda va bastakor Shuhrat Daryo o‘zlarining dilrabo taronalari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar.

Shuningdek, iste’dodli musiqachilardan iborat “Samo” ansambli ijrosidagi jonli va jozibali kuylar seminarning tantanali ochilishiga o‘zgacha fayz kiritdi.

Ikki kun davom etadigan seminar dasturidan badiiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish, ijodiy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy muhokamalar, mahorat darslari, ko‘rgazmalar va ijodiy uchrashuvlar o‘rin olgan.