close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon


‼️Hurmatli ijodkorlar!‼️

📌О‘zbekiston Badiiy akademiyasining internet tarmog‘idagi rasmiy sahifalarida Temuriylar davri tarixiy shaxslari, buyuk siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy va boshqa tarixiy voqealar mavzularida yaratilgan  eng yaxshi asarlar tanlovi e’lon qilindi.


🎯O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Temuriylar davri tarixini tizimli o‘rganish va ilmiy natijalarni keng targ‘ib etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” 27.3-bandida dastgohli va mahobatli rangtasvir yo‘nalishida tarixiy shaxslarning portretlari hamda tarixiy voqealar  tasvirini mavjud tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar, arxiv hujjatlari asosida yaratish vazifasi belgilangan.

❗️Temuriylar davri tarixiy shaxslari portretlari hamda tarixiy voqealar tasvirlarini ilmiy asosda yaratishda, avvalo, davrga oid birlamchi yozma manbalarga tayanish maqsadga muvofiq.❗️

📚 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan quyidagi manbalar tarixiy shaxslar portretlari va tarixiy voqealar kompozitsiyalarini tarixiy haqiqat hamda ilmiylik tamoyillari asosida yaratishda muhim manbaviy asos boʻlib xizmat qiladi.

📚 TEMURIYLAR DAVRIGA OID BIRLAMCHI YOZMA TARIXIY MANBALAR

• Sharafiddin Ali Yazdiy — Zafarnoma. — Toshkent: Sharq, 1997.
• Nizomiddin Shomiy — Zafarnoma (fors tilidan tarjima va izohlar bilan). — Toshkent: Oʻzbekiston, 1996.
• Abdurazzoq Samarqandiy — Matla' us-sa'dayn va majma' ul-bahrayn. — Tehron, 1974 (forsiy nashr).
• Mirxond — Ravzat us-safo. — Tehron, 1959–1961 (8 jild).
• Xondamir — Habib us-siyar. — Tehron, 1954.
• Xondamir — Makorim ul-axloq. — Tehron, 1971.
• Zahiriddin Muhammad Bobur — Boburnoma. — Toshkent: Yulduzcha, 1989.
• Davlatshoh Samarqandiy — Tazkirat ush-shuaro. — London, 1901 (faksimile va keyingi nashrlari).
• Alisher Navoiy — Majolis un-nafois. — Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU (turli nashrlar).
• Alisher Navoiy — Xamsat ul-mutahayyirin. — Toshkent: Fan, 1966.
Temur tuzuklari. — Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2018.
• Ruy Gonsales de Klavixo — Samarqandga — Amir Temur saroyiga safar kundaligi (1403–1406). — Toshkent: Oʻzbekiston, 1990.
• Ibn Arabshoh — Amir Temur tarixi (Ajoib al-maqdur fi axbori Taymur). — Qohira (turli nashrlar).

🎨 TEMURIYLAR DAVRI MINIATYURALARI, KITOBAT SAN'ATI VA IKONOGRAFIYASIGA OID MANBALAR

A) Oʻzbekistonda nashr etilgan kitoblar
• Usmonov O. — Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi. — Toshkent: Fan, 1977.
• Norqulov N. — Kamoliddin Behzod. — Toshkent: Adabiyot va san'at, 1964.
• Rahimova Z. I. — Markaziy Osiyo XV–XVII asrlar miniatyura san'ati. — Toshkent: Baktria Press, 2022.
• Abduxoliqov F., Rahimova Z. I. — Moniyni hijolatda qoldirgan Kamoliddin Behzod. — Toshkent: Baktria Press, 2021.
• Shoyoqubov Sh. — Zamonaviy oʻzbek miniatyurasi. — Toshkent: Oʻzbekiston, 2006.
• Shabarotov P. P. — Miniatyura. — Toshkent: Tafakkur, 2011.
XV–XVII asrlardagi Movarounnahr kitobat san'ati Rossiya Milliy kutubxonasi toʻplamlarida / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. — Toshkent: Oʻzbekiston madaniy merosi, 2017.
• Madraimov A. — Rossiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan Alisher Navoiy qoʻlyozmalari miniatyuralari. — Toshkent, 2018.

B) Xalqaro kataloglar va albomlar
• Lentz T. W., Lowry G. D. — Timur and the Princely Vision: Persian Art and Culture in the Fifteenth Century. — Washington, D.C.; Los Angeles, 1989.
• Canby S. R. — Persian Painting. — London: British Museum Press, 1993.
• Roxburgh D. J. — The Persian Album, 1400–1600. — New Haven: Yale University Press, 2005.
• Blair S., Bloom J. — The Art and Architecture of Islam 1250–1800. — New Haven: Yale University Press, 1994.
• Golombek L., Wilber D. N. — The Timurid Architecture of Iran and Turan. Vol. I–II. — Princeton: Princeton University Press, 1988.

📖 OʻZBEKISTON MADANIY MEROSIGA OID NASHRLAR

Yaqin yillarda chop etilib, Respublika kutubxonalariga taqdim etilgan Oʻzbekiston madaniy merosiga oid nashrlarda ham jahonda saqlanayotgan Temuriylar davriga oid nodir qoʻlyozmalar, miniatyuralar tavsifi batafsil aks ettirilgan:

«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumi - Rossiya Milliy kutubxonasi to‘plami. XV–XVII asrlardagi Movarounnahr kitobat san’ati / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2017.
Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2017.
Buyuk Britaniya kutubxonasi to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2018.
Fransiya Milliy kutubxonasi to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2018.
Turkiya Respublikasi Topqapi saroyi muzeyi kutubxonasi to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2019.
Ermitaj davlat muzeyi to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2019.
Luvr muzeyi to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2020.
Metropoliten san’at muzeyi to‘plami (Nyu-York) / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2021.
Chester Bitti kutubxonasi (Dublin) to‘plami / Ilmiy muharrir: E. V. Rtveladze. – Toshkent: O‘zbekiston madaniy merosi, 2022.