O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan
“Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusidagi eng yaxshi tasviriy san’at asarlari tanlovi
📢 E’LON QILINADI!
✅ Tanlov harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, yosh ijodkorlar, shuningdek o‘rta va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.
⚡️ Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
➡️ yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmaslik g‘oyalarini aks ettirish;
➡️ Qurolli Kuchlar faoliyatidan faxrlanish, Vatanga va harbiy qasamyodga sodiqlik;
➡️ xalq bilan armiyaning birdamligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, armiyaning davlat va jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati;
➡️ Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy an’analar, harbiy burch, nomus, mardlik va jasoratni ulug‘lash, qahramonlik siymolari;
➡️ tarixiy shaxslar, buyuk sarkardalar, tarixiy janglar, vatanparvarlik ruhi, Vatan himoyachilari va harbiy xizmatchilarning ijobiy timsoli.
➡️ Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lganlar:
yosh ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari (tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha).
📍 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan havaskor va yosh ijodkorlar o‘z ijodiy ishlarini
🗓 2026-yil 14-yanvar sanasiga qadar
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabiga
(Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 26-mavze, Shirin ko‘chasi, 1A-uy)
ariza bilan birga topshirishlari mumkin.
‼️ Ma’lumot uchun telefonlar:
📞 (71) 272-88-18, 97 445-51-09