Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan “Dunyo milliy liboslari” nomli liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
💾 Mazkur chiqishda jahon xalqlarining boy madaniy merosi, an’analari va estetik qarashlari milliy liboslar uyg‘unligida yuksak badiiy ifoda etildi.
Har bir libos o‘ziga xos kompozitsion yechim, ranglar uyg‘unligi hamda milliy ruhni aks ettiruvchi nozik detallar orqali turli xalqlarning tarixiy va madaniy qiyofasini jonlantirdi. Sahna ko‘rinishlari esa tomoshabinlarga go‘yo madaniyatlararo badiiy sayohat taassurotini taqdim etdi.