close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 957-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ustavi” iga muvofiq joriy yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylov bo‘lib o‘tadi.

Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zoligiga:

-
Xalqaro va respublika miqyosdagi nufuzli ko‘rgazmalarda munosib ishtirok etgan;
- milliy, tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik sohalarini o‘zining yirik asarlari bilan boyitgan;
- o‘z ijodi, ilmiy, pedagogik faoliyati bilan soha taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan;
- o‘zbek madaniyati va san’atining kelajagiga, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan;
- davlat mukofotlari va unvonlariga ega bo‘lgan ijodkorlar nomzod bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylov to'g'risida kanalimizda ma'lumot berib boriladi.

Boshqaruv kengashi ro‘yxatidan o‘tish uchun nomzod tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati

Boshqaruv kengashi ro‘yxatidan o‘tish uchun nomzod tomonidan quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi nazarda tutiladi.

a) Ijodiy yo‘nalish:

Dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat, respublika hamda xalqaro miqyosdagi shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etganligi;
  • davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi;
  • idoraviy mukofot bilan taqdirlanganligi (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi oltin, kumush va bronza medali hamda diplomi bilan);
  • oxirgi yetti yildagi ijodi haqida ma’lumotlar;
  • oxirgi yetti yildagi 5 (besh) ta ijodiy ishi;
  • pasport nusxasi;
  • ma’lumotnomasi;
  • O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasidan tavsiyanoma (xalqaro tashkilotlar va vazirlik hamda idoralar tomonidan tavsiya qilinganda, o‘sha idoraning tavsiyanomasi taqdim etilishi mumkin);
  • o‘z faoliyatida mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va ta’limdagi faoliyati, munosib shogirdlarni yetishtirishdagi xizmati bo‘lsa, bu boradagi tegishli ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

b) Ilmiy yo‘nalish:

  • ilmiy ishlar ro‘yxati;
  • soha bo‘yicha nashr ishlari;
  • davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi;
  • ilmiy darajasi;
  • xalqaro nashrlarga egaligi;
  • soha bo‘yicha ilmiy grant loyihalaridagi ishtiroklari;
  • soha bo‘yicha biennale, festival, konferensiya va boshqa loyihalardagi ishtiroklari;
  • pasport nusxasi;
  • yosh olimlarni yetishtirishdagi ishtiroki (magistr, bakalavr, doktorant va tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik, maslahatchilik hamda opponentlik);
  • ma’lumotnomasi;
  • O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasidan tavsiyanoma (xalqaro tashkilotlar va vazirlik hamda idoralar tomonidan tavsiya qilinganda, o‘sha idoraning tavsiyanomasi taqdim etilishi mumkin).