close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq
2026-yil fevral oyida “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etiladi.

✅ Tanlovda haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilib kelayotgan mutaxassis haykaltaroshlar hamda yosh haykaltaroshlar ishtirok etishlari mumkin (ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan).

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

🔹 ma’lumotnoma (rezyume);
🔹 3 × 4 sm o‘lchamdagi 1 ta fotosurat;
🔹 haykaltaroshlik asarlari (soni cheklanmagan).

➡️ Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar va yosh haykaltaroshlarning ijodiy asarlari
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy qo‘mitasiga
🗓 2026-yil 15-fevraliga qadar
📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37/A-uy,
Xalqaro madaniyat karvon saroyi binosi manziliga yuboriladi.

☎️ Aloqa raqamlari: (71) 252-30-88, (71) 256-35-56

➡️ Belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

➡️ Tanlov ishtirokchilari
milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang,
milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish,
ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat va sadoqat g‘oyalarini aks ettiruvchi,
betakror badiiy-me’moriy yechimga va badiiy g‘oyaning izchilligiga ega
haykaltaroshlik asarlarini taqdim etishlari lozim.

➡️ Tanlov natijalari bo‘yicha ishtirokchilarning ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

➡️ Tanlov g‘oliblari diplomlar va belgilangan tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

☎️ Ma’lumot uchun aloqa raqamlari: (71) 252-30-88, (71) 256-35-56