O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom Mirvohid Mirsaidov mo‘yqalamiga mansub “Ertaknamo Buxoro” kartinasi Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi muzeyiga tuhfa qilindi.
Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida mazkur asarni Indoneziya muzeyiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Badiiy akademiya raisi Akmal Nur boshchiligida Akademiya rahbariyati hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston tasviriy san’atini hamda o‘zbek rassomlari ijodini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va san’at orqali davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.