close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, jurnalist, fotorassom Sultonboy Dehqonovning "Adabiyot va hayot" nomli kitob albomi chop etildi.

Ushbu kitob albomda muallifning zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojiga o‘zining rang barang asarlari bilan hissa qo‘shayotgan elimiz suyugan xalq shoiru yozuvchilari, yosh qalamkashlarning ijodiga bo‘lgan mehr muhabbati, eʼtirofi  fotohikoyalarda badiiy aks ettirilganligi quvonchlidir.

Shuningdek,  O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, isteʼdodli shoir Eshqobil Shukurning kitob albomning badiiy ahamiyati, o‘quvchilarga maʼnaviy maʼrifiy foyidasi haqidagi fikrlari  kitobdan o‘rin olganligi iliq taassurot uyg‘otadi.

Kitob albom O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligining yorqin namunasi sifatida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Salim Ashur badiiy muharrirligida chop etildi.