Kamoliddin Behzod nomi bilan atalgan “KAMOLIDDIN BEHZOD IZDOSHLARI” miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi ijodiy yo‘nalishga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov quyidagi yosh toifalarida ikki bosqichda o‘tkaziladi:
15–17 yosh va 18–23 yosh.
1-bosqich (hududiy bosqich): 1-martdan 20-martgacha.
2-bosqich (Respublika bosqichi).
Ishtirokchilar miniatyura va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha 4 donagacha ijodiy ish taqdim etishlari mumkin.
Tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar:
– belgilangan namuna asosida ariza;
– ishtirokchi pasporti (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasi;
– ijodiy ishlar haqida ma’lumot (asar nomi, yaratilgan yili, texnikasi). Asar nomi o‘zbek va rus tillarida ko‘rsatilishi shart;
– so‘nggi 3 yil davomida yaratilgan mualliflik ishlari;
– oxirgi 3 oy ichida olingan 4x6 hajmdagi 2 dona fotosurat.
2026-yil 20-martdan 1-aprelga qadar Respublika bosqichi hujjatlari Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida qabul qilinadi.
Telefonlar: (71) 272-88-18; 97-445-51-09.