close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Xitoyning Shanxay kolleksiyasi muzeyi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Shanxay kolleksiyasi muzeyi direktori Xu Mu Chin O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va muzey direktori Gulabza Qarshiyeva bilan 2026 yilga mo‘ljallangan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvning asosiy natijasi sifatida 2026 yil uchun hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat tomonlarning qo‘shma ko‘rgazma hamda madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi niyatlarini mustahkamladi.

Memorandumning markaziy bandi sifatida 2026 yil mart oyida Shanxay shahrida, Shanxay kolleksiyasi muzeyi maydonida o‘zbek miniatyura san’ati ko‘rgazmasini o‘tkazish belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.